EVRO-2016. Bugungi o'yinlarda ishlaydigan hakamlar

Narzulla Saydullayev
16 iyun 2016, 11:16
Bugun EVRO-2016 guruh bosqichi, 2-turidan o'rin olgan yana uchta o'yin bo'lib o'tadi.

UEFA bugungi bahslarda ishlaydigan hakamlar nomini e'lon qildi. Angliya va Uels o'rtasidagi Britaniya derbisini germaniyalik Feliks Brix boshqarib boradi. Ukraina - Shimoliy Irlandiya bahsi chexiyalik Pavel Kralovecga ishonib topshirilgan. Gollandiyalik Born Keypers esa Germaniya hamda Polsha o'rtasidagi uchrashuvda ishlaydi.

Angliya - Uels
16 iyun. Lans. "Feliks Bollar-Delelis" stadioni. 18:00
Bosh hakam:
Feliks Brix (Germaniya)
Qanot hakami: Mark Borsh (Germaniya)
Qanot hakami: Shtefan Lupp (Germaniya)
Darvoza ortidagi hakam: Bastian Dankert (Germaniya)
Darvoza ortidagi hakam: Marko Fritc (Germaniya)
Zaxira hakami: Matey Yug (Sloveniya)
Zaxira hakami yordamichisi: Robert Vukan (Sloveniya)

Ukraina - Shimoliy Irlandiya
16 iyun. Lion. "Stad-de-Lion" stadioni. 21:00
Bosh hakam
: Pavel Kralovec (Chexiya)
Qanot hakami: Roman Slishko (Slovakiya)
Qanot hakami: Tomash Mokrush (Chexiya)
Darvoza ortidagi hakam: Petr Ardelyanu (Chexiya)
Darvoza ortidagi hakam: Mixal Patak (Chexiya)
Zaxira hakami:  Tasos Sidiropulos (Gretsiya)
Zaxira hakami yordamichisi: Damianos Eftimiadis (Gretsiya)

Germaniya - Polsha
16 iyun. Sen-Deni. "Stad-de-Frans" stadioni. 23:55
Bosh hakam:
Born Keypers (Gollandiya)
Qanot hakami: Sander van Rukel (Gollandiya)
Qanot hakami: Ervin Zeynstra (Gollandiya)
Darvoza ortidagi hakam: Pol van Bukel (Gollandiya)
Darvoza ortidagi hakam: Richard Lisveld (Gollandiya)
Zaxira hakami:  Daniele Orsato (Italiya)
Zaxira hakami yordamichisi: Elenito Di Liberatore (Italiya)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia