Evgeniy Kochnev: "Men o'z nomim bilan tanilishni istayman"

Bugun Toshkentda "Paxtakor" - "Buxoro" (3:1) o'yini bo'lib o'tdi.
Ushbu o'yindan so'ng "Buxoro" klubining 6-raqamli futbolchisi Evgeniy Kochnev championat.asia saytiga fikrlarini bildirib o'tdi.

 - Evgeniy, bugungi o'yin borasida fikrlaringizni aytib o'tsangiz ?

"Paxtakor"ga qarshi munosib o'yin ko'rsatdik. Raqib jamoadagi tajriba natijaga ta’sir etdi. O'ylaymanki biz bu jamoadan qarshi birinchi bo'limda tengma-teng o'yin ko'rsatdik. Ikkinchi bo'limda yo'lga qo'yilgan ikki xatomiz oxirigacha qimmatga tushdi.

- Ko'pgina muxlislar sizni maydonda Evgeniy Kochnev sifatida emas,  Gennadiy Kochnevni o'g'li sifatida ko'radi.  Bunga munosabatingiz qanday ?

Buni men maydonga tushib isbotlashim shart. Har xil psixologik ta’sirlar meni o'zimni o'yinimni ko'rsatishga ta’sir etmoqda.  Bularga javob sifatida  faqat o'yin bilan ko'rsatishim mumkin. Men o'z nomim bilan tanilishni istayman. Maydonga tushgan 11 futbolchining barchasi bir jamoa bo'ladi.

- "Buxoro" bu yil OCHL uchun kurashishi mavsum avvalida aytildi. Buni qay darajada uddalay oladi ?

Klub murabbiylari va rahbariyati har bir o'yinga g'alabani talab qiladi. Men aniq bir maqsad shu deb ayta olmayman lekin murabbiyimizni istagi barcha uchrashuvda g'alaba qozonishdir. Chempionat qiyin o'tadi. Shunga munosib tayyorlandik deb o'ylayman.

- Mochinov bugun siz to'g'ringizda bir qancha ijobiy fikrlar bildirib o'tdi ?

Mochinov umuman nomlar va tanishlarga qaramaydi. Faqat shuni aytishim mumkin. So'nggi vaqtlarda hamma o'yindan so'ng barcha muxlislar fikri menga qaratilmoqda. Bu menga juda ham og'ir. Maydondagi o'yin va natijada  futbolchini ayblash juda oson lekin unda 11 kishi o'ynaydi. Men ko'proq ishlashim va albatta o'zimni niyatlarim uchun harakatni to'xtatmayman.


Manba: championat.asia