"Everton" yarim himoyachisi Barkli barda kaltak edi

Aslanov Jasurbek
10 apr 2017, 18:14
"Everton" yarim himoyachisi Ross Barkli noqulay vaziyatga tushib qoldi.

23 yoshli futbolchi "Lester Siti"ga qarshi APLning 32-tur bahsidan so'ng, Liverpuldagi barlarning biriga yo'l oldi.

Kuzatuv kameralarining birida noma'lum shaxs Barkli bilan uzoq bo'lmagan suhbatdan keyin futbolchiga musht tushirgani ko'ringan. Liverpul policiyasi vaziyatni o'rganib chiqmoqda.

Oldinroq "Everton" bosh murabbiyi Ronald Kuman Barkli klub bilan shartnomani uzaytirmasa, uni sotishga to'g'ri kelishini aytgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com