“Everton” Under uchun 40 mln evro to'lashga tayyor

23 apr 2020, 08:51
Jengiz faoliyatini APLda davom ettirishga yaqin.

“Roma”ning turkiyalik vingeri Jengiz Underning xizmatlariga “Everton” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Mersisayd klubi 22 yoshli futbolchi uchun 40 mln evro to'lashga tayyor. Underga, shuningdek, “Sevilya” ham da'vogarlik qilmoqda.

Ma'lumot uchun, Under 2017 yil “Istanbul Bashakshehir” klubidan “Roma”ga 14,2 mln evro evaziga o'tgandi. Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 20 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Calciomercato