"Everton" Tanzaniyaga jo'nab ketdi

Aslanov Jasurbek
12 iyul 2017, 11:58
"Everton" yarim himoyachisi Ross Barklining klubdagi kelajagi so'roq ostida, chunki Liverpul shahri jamoasi Tanzaniyada bo'lib o'tadigan yig'inga Barklini olib kyetmadi.

Klubning ma'lumot berishicha, 23 yoshli futbolchi jarohat olgan. "Irislar"ning yangi futbolchilari Ueyn Runi, Maykl Kin va Devi Klassenlar safarga yo'l olgan tarkibdan joy olishgan.

Ross Barkli o'z shartnomasini oxirigacha o'tab ketmoqchi, ammo klub bilan kelishuvni uzaytirish niyatida emas. Jamoa bosh murabbiyi Ronald Kumanning fikricha, yarim himoyachi yangi bitim tuzmasa, uni sotish lozim.


Ueyn Runi Tanzaniyaga uchadigan tarkibga kiritildi



Ronald Kuman matbuot-anjumanida Barklining kelajagi haqidagi savolga javob bermadi


Klub Barkli o'rniga Runi va Klassenni xarid qildi. "Irislar" "Suonsi" yarim himoyachisi Gilfi Sigurdssonni ham qo'lga kiritish niyatida. "Everton" Ross Barklini kamida 50 mln. funtga pullamoqchi.

"Tottenxem" va "Arsenal" vaziyatni kuzatib bormoqda, ammo hozircha rasmiy taklif bilan "Everton"ga murojaat qilgani yo'q.



So'nggi mavsum oxirini o'tkazib yuborgan Aaron Lennon Tanzaniyaga uchib ketdi



Tanzaniyaga yo'l olganlar orasida himoyachi Eshli Uilyams ham bor





Jamoaning yangi futbolchisi Devi Klaassen va Morgan Shneyderlen


Ayni damda jamoa bosh murabbiyi Ronald Kumanning asosiy transfer maqsadi "Suonsi" yarim himoyachisi Gilfi Sigurdsson. "Everton" klubi "Manchester Yunayted"ga o'tgan Romelu Lukaku o'rniga Olive Jiru yoki Kristian Bentekeni olib kelish niyatida.



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail