

"Irislar" matbuot xizmati xabariga ko'ra, 19 yoshli angliyalik futbolchi mersisaydliklar bilan 4 yillik shartnoma tuzdi. "Everton" rahbariyati "avliyolar"ga Dibling uchun taxminan 50 mln evro to'lagan.
Aytish joiz, bungacha yosh futbolchiga "Liverpul" va "Manchester Yunayted"dan qiziqish bildirilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Tayler Dibling "Sautgempton" tarkibida Angliya chempionatida 33 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan va 6 ta sariq kartochka olgan.



