

Mersisayd klubi angliyalik futbolchini yanvar oyida o'ziniki qilishga urinib ko'radi. 26 yoshli futbolchini “Stemford Bridj”dagi kelajagi so'roq ostida qolmoqda. Uning “ko'qlar” bilan amaldagi bitimi 2024 yilda yakun topadi.
Yarim himoyachiga kelajagi borasida aniq bir qaror chiqarish uchun biroz muddat kerak bo'ladi. Biroq “Everton” va bir nechta italyan klublari Rubenni “Chelsi”dan tortib olmoqchi.
Asosan yarim himoya markazi va tayanch zonada harakatlana oladigan futbolchi joriy mavsumda 20 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta asist qayd etdi.



