Everton – Liverpul. Beyns 2008 yildan beri ilk bor almashtirildi

Narzulla Saydullayev
23 noya 2013, 19:20
Everton himoyachisi Leyton Beyns APL 12-turidan o'rin olgan Liverpulga qarshi o'yinning 50-daqiqasida almashtirildi.
28 yoshli futbolchi birinchi bo'limda Jordan Xenderson bilan bo'lgan to'qnashuvdan so'ng o'yinni davom ettira olmagan ko'rinadi.

So'nggi bor Beyns Angliya premer-ligasi doirasida 2008 yil sentyabr oyida almashtirilgandi. O'shanda Everton Xall Siti bilan o'ynagandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru