"Everton" Diego Kosta uchun qancha taklif qilganini bilasizmi?

Aslanov Jasurbek
23 sen 2017, 14:16
"Everton" "Chelsi" hujumchisi Diego Kostani xarid qilmoqchi bo'lgan, ammo futbolchi faqat "Atletiko"ga o'tishni istagan.

Ma'lumotlarga ko'ra, yozgi transfer oynasining so'nggi kunlarida Liverpul shahri jamoasi 28 yoshli forvard uchun 75 mln. evro va bonuslar taklif qilgan.

"Milan" ham Diego Kostani xarid qilmoqchi edi, ammo natijada futbolchining maqsadi amalga oshdi va "Atletiko"ga qaytdi.

21 sentyabr kuni "Atletiko" "Chelsi" bilan Diego Kostaning transferi borasida kelishib olganini e'lon qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca