"Everton" Depay va Shneyderlen transferi borasida MYU bilan muzokara o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
8 dek 2016, 16:10
"Manchester Yunayted"ning ikki futbolchisi yanvarda "Everton"ga o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Everton" Memfis Depay va Morgan Shneyderlen xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Mersisayd klubiga yaqin manbaning ma'lum qilishicha, ikki jamoa vakillari APLning 14-tur uchrashuvidan oldin (1:1) bu borada muzokara o'tkazishgan.

MYU bosh murabbiyi Joze Mourinyo ikki futbolchiga ishonch bildirmayapti. Shu sababli mutaxassis ularning ketishiga qarshi emas. Transfer bozorida Depay 21,2 mln. funt, Shneyderlen esa 23,8 mln. funtga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN FC