"Everton" "Chelsi" yarim himoyachisi Gilmorni ijaraga olmoqchi

Alisher
20 iyul 2022, 16:54
"Everton" "Chelsi" yarim himoyachisi Billi Gilmorga qiziqmoqda.

Liverpul klubi londonliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel rejalariga kirmaydigan 21 yoshli shotlandiyalikni ijaraga olmoqchi.

Gilmor "ko'klar"ning asosiy tarkibi bilan o'rtoqlik o'yinlari mo'ljallangan Sharlott va Orlando (AQSH)ga borish o'rniga, yoshlar jamoasi bilan yig'inga yuborildi.

Gilmor o'tgan mavsumni "Norvich"da ijarada o'tkazdi. Futbolchi jamoa tarkibida 28ta o'yinda 2ta assist qayd etdi.

"Chelsi" iyun oyi boshida Gilmor bilan shartnomani 2024 yilning iyun oyi so'nggiga qadar uzaytirdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: telegraph.co.uk