"Everton" Atsuni yanvarda "Chelsi"ga qaytarib berishi mumkin

Narzulla Saydullayev
28 noya 2014, 14:40
"Everton" klubi "Chelsi"dan ijaraga olingan yarim himoyachi Kristian Atsuning xizmatidan voz kechmoqchi.
Liverpul klubi futbolchini yozga qadar ijaraga olgandi, biroq 22 yoshli ganalik yarim himoyachi "Barselona"ga qaytgan Jerar Deulofeuning o'rnini bosa olmadi.

Atsu deyarli maydonga tushayotgani yo'q, shu sababli ham "Everton" ustozi Roberto Martines Kristianni qishdayoq "Chelsi"ga qaytarib yubormoqchi.

Martines ushbu futbolchining o'rniga Shon Malonini olib kelishni ham o'ylab qo'ydi.

Kristian esa mavsumning qolgan qismini "Sanderlend"da ijarada o'tkazishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru