Eto’Oning goli “Antalyaspor”ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi

11 sen 2017, 01:45
Turkiya chempionatining to'rtinchi turida “Antalyaspor” futbolchilari o'z maydonlarida “Galatasaroy” bilan durangga imzo chekishdi – 1:1.

Antaliyadagi “Antaliya Arena” stadionida kechgan bahsda istanbulliklar ilk bor ochk yo'qotishga majbur bo'lishdi.

Uchrashuvning 34-daqiqsida Bafetimbi Gomes mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, o'yin yakunlanishiga sakkiz daqiqa qolganida antaliyaliklar hujumchisi Samuel Eto’O javob golini kiritishga erishdi.

4-turning yana bir uchrashuvida “Bursaspor” o'z maydonida yirik g'alabaga erishdi.

Turciya Superligasi.

4-y tur.


Antalyaspor  1 : 1 Galatasaroy

Gollar: 0:1 – Gomis – 34, 1:1 – Eto'O – 82.


Bursaspor  3 : 0 Akxisar  

Gollar: 1:0 – Batalya – 51, 2:0 – Delarj – 66, 3:0 – Stanku – 74.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia