Eto’O Vest Xemdan haftasiga 100 ming funt maosh so'ramoqda

Narzulla Saydullayev
29 iyul 2014, 09:55
Vest Xem Chelsi sobiq hujumchisi Samyuel Eto’O uchun KPR, Yuventus, Napoli, Roma va Fiorentina klublari bilan kurashadi.
Londons klubi 33 yoshli kamerunlik futbolchini jarohat olgan Endi Kerrollning o'rniga olib kelmoqchi.

Daily Mail nashrining xabariga ko'ra, Eto’O Vest Xemga faqat haftasiga 100 ming funt maosh olsagina ko'chib o'tadi.

Bolg'aurarlar undan tashqari Arsenal hujumchisi Joel Kempbell va Beshiktosh sobiq hujumchisi Ugu Almeydaga ham qiziqishmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru