Eto′O Turkiya chempionatida ketma-ket 8ta o'yinda gol urdi

Narzulla Saydullayev
13 dek 2015, 09:23
Antalyaspor klubi hujumchisi Samyuel Eto′O Turkiya chempionatining 15-turida Mersin Idmanyurdga qarshi o'yinda (3:2) gol urdi.
Shunday qilib, 34 yoshli kamerunlik hujumchi ketma-ket 8ta o'yinda gol urishga erishdi. Mana shu o'yinlarda jamoasi atiga 2 marta zafar quchdi xolos.

Eto′O 15ta o'yinda raqiblar darvozasiga 13ta to'p kiritdi va 3ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com