Eto’O Kamerun terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Narzulla Saydullayev
9 sen 2013, 08:51
Kamerun terma jamoasi hujumchisi Samyuel Eto’O milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
JCH-2014 saralashi doirasidagi Liviyaga qarshi o'yindan (1:0) so'ng, hujumchi terma jamoani shaxsiy muammolar tufayli tark etayotganini ma'lum qilgan, deb xabar bermoqda L’Equipe.

Eslatib o'tamiz, 32 yoshli Eto’O o'tgan yil Kamerun terma jamoasida to'p tepmasligini ma'lum qilgandi, ammo sentyabr oyida yana termaga qaytgandi.

Futbolchi Kamerun terma jamoasi safida 112 ta o'yinda 55 ta gol urgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru