Eto'O: "Gvardiola menga shaxs sifatida emas, murabbiy sifatida yoqadi"

Alisher
8 okt 2019, 13:17
Kamerun terma jamoasi afsonasi Samyuel Eto'O "ko'k-anorranglilar" sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqida fikr bildirdi.

"Men ilgari ishlagan barcha murabbiylarimdan tajriba olganimni his qilyapman. Masalan, Pep Gvardiola. U dunyodagi boshqa murabbiylardan yaxshiroqdir.

Menga Gvardiola shaxs sifatida emas, murabbiy sifatida yoqadi. U murabbiy sifatida menga o'ynashni o'rgatdi.

Ha, u ayrim o'yinlarda yutqazadi, ammo bu hech narsani anglatmaydi", - deydi Eto'O.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca