Eshli Koulning yangi ish joyi ma'lum

Alisher
20 avg 2019
"Chelsi" angliyalik futbolchiga murabbiylik licenziyasini olish uchun ko'maklashmoqda.

Sobiq himoyachi Eshli Koul yangi ish topdi. U bir necha kun avval faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qilgan edi.

Angliyalik futbolchi endilikda sobiq klubi bo'lmish "Chelsi"ning murabbiylar shtabiga kiradi va Frenk Lempardga yordam beradi.

Shuningdek, "ko'klar" Eshlining murabbiylik licenziyasini olishiga ko'maklashayotganligi haqida xabarlar yangramoqda.

38 yoshli Eshli Koul faoliyati davomida "Arsenal", "Kristal Pelas", "Chelsi", "Roma", "Los Anjeles Gelaksi" va "Derbi Kaunti" klublarida o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: The Guardian