Eshli Koul: "Lempard – jahonning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri"

Tolibjon Qosimov
10 sen 2013, 16:30
Angliya terma jamoasi va "Chelsi" himoyachisi Eshli Koul jamoadoshi Frenk Lempardni dunyoning eng kuchli yarim himoyachilaridan biri deb bilishini aytib o'tdi.
"Men "Chelsi"ga kelganimdan buyon Lempardning qanchalik mehnat qilishini guvohi bo'lib kelyapman. U har bir o'yinda hujum tashkil etishda ham, bizga himoyada yordam berishga ham ulguradi".

"Frenk jahrnning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri sanaladi. U har bir mavsumda deyali 20tadan gol uradi". 

"Terma jamoadagi 100ta o'yin uning uchun juda katta natija bo'ladi. Men va Jererd terma jamoadagi o'yinlarimiz sonini 100tadan o'tkazishimizda ham Lempard bizni qo'llab quvvatlagandi", dedi Koul.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru