Eshitdik-da! “Bunyodkor” darvozasiga belgilangan penalti sababchisi Superligadan chetlashtirilgan

Narzulla Saydullayev
28 apr 2018, 10:10
Bizgacha yetib kelgan norasmiy xabarlarga ko'ra, “Bunyodkor” - “Lokomotiv” o'yinida qanot hakami bo'lib ishlagan Alisher Usmonov Superliganing bir nechta turidan chetlashtirilgan.

Aynan u sababli uchrashuvning 83-daqiqasida “Bunyodkor” darvozasiga penalti berilgan bo'lib, mana shu holat sabab “Lokomotiv” derbida g'alabani ilib ketgandi. Takroriy lavhalar ko'rsatdiki, Anvar G'ofurov to'pga o'ynagan, qolaversa, holat jarima maydonchasining tashqarisida yuz bergan.

O'yin natijasiga bevosita ta’sir ko'rsatgan xato qaror yon hakam Alisher Usmonovga tegishli. Chunki avvaliga bosh hakam penalti berishga shoshilmagandi. Usmonov aynan qancha turga chetlatilgani borasida aniq ma'lumotlar yo'q.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia