

8 ta jamoa 4 tadan ikki guruhga ajratilgan xolda Sharq va G'arb mintaqasiga bo'linadi.
G'arb mintaqasi: "Dinamo", "Sho'rtan", "Xorazm" va "Zomin". Mazkur guruh vakillari uchrashuvlarni Samarqand va Jizzax viloyatida o'tkazadi.
Sharq mintaqasi: "Neftchi", "Turon", "Istiqlol" va "Oq-tepa". Mazkur guruh uchrashuvlari Farg'ona viloyatida bo'lib o'tadi.
O'zPFL tez orada PRO-Liganing markazlashtirilgan xolda o'tkaziladigan yangi taqvimini e'lon qilishi kutilmoqda.



