

Championat asia saytiga ma'lum bo'lishicha, Tojikiston terma jamoasi sardori, "Istiqlol" futbolchisi Axtam Nazarov "Andijon"ning Turkiyadagi yig'iniga kelib qo'shiladi.
Ma'lumot o'rnida aytish joizki, kecha aytganimizdek gruziyalik Nodar Kavtaradze kecha jamoa ixtiyoriga yetib keldi. U bugun bo'lib o'tadigan mashg'ulotlarda ishtirok etishi ko'zda tutilgan.



