Eshitdik-da! "Surxon"dan yana bir yurish. Jamoa osiyolik darvozabon olib kelmoqda

Tolibjon Qosimov
13 dek 2022, 22:31
Eshitdik-da! "Surxon"dan yana bir yurish. Jamoa osiyolik darvozabon olib kelmoqda

Superliga klublari allaqachon yangi mavsum uchun tarkibni shakllantirish jarayonini boshlab yuborishgan. Biroz avval "Eshitdik-da" rukni orqali Termizning "Surxon" klubi tajribali markaziy himoyachi Anzur Ismoilov bilan kelishib olgani haqida ma'lum qilgan edik.

Eshitdik-da! "Surxon" Anzur Ismoilov bilan kelishuvga erishdi

Termizliklar endi darvoza chizig'iga osiyolik o'yinchini olib kelishmoqda. "Surxon" Suriya terma jamoasining uzoq yillik kiperi Ibrohim Alma bilan muzokaralar olib bormoqda. Hozircha tomonlar og'zaki kelishuvga erishishgan.

31 yoshli darvozabon Suriya terma jamoasida 71ta o'yin o'tkazgan. Paytida Eronning "Sepaxon", Saudiyaning "Ash-Shabab" klublarida to'p tepgan. Uning oxirgi jamoasi Suriyaning "Jableh"i hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia