

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Jasur Yoqubov yangi mavsumni "temiryo'lchilar" safida boshlaydi.
Yoqubov huquqiy jihatdan "Qo'qon-1912" klubiga tegishli va "Surxon"da ijarada o'ynadi.
1999 yilda tavallud topgan markaziy himoyachi 2021 yilgi Superligada 18ta o'yinda 1ta gol urdi hamda 1ta golli uzatmani amalga oshirdi.




