Eshitdik-da! Superliganing so'nggi tur o'yinlari bir kunda bo'lmaydi

Narzulla Saydullayev
20 noya 2019, 11:50
PFL Superliganing 25 va 26-tur o'yinlari bir kunda, bir vaqtda o'tkazilishi borasida xabar tarqatgan edi.

Eshitishimizga qaraganda 26-tur o'yinlari bir kunda o'tkazilmaydi.

Gap shundaki 30 noyabr kuni Toshkentda bir yo'la ikkita "Lokomotiv" - "Paxtakor" va "Bunyodkor" - "So'g'diyona" o'yinlari bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda.

Biroq IIB bitta shaharda bir vaqtda ikkita futbol o'yini o'tkazilishiga ruxsat bermaydi. Shu bois ham juda katta ehtimol bilan qaysidir o'yin boshqa kunga ko'chiriladi.


26-TUR
30 noyabr, shanba

14:30 ANDIJON - QIZILQUM
14:30 LOKOMOTIV - PAXTAKOR
14:30 NASAF - DINAMO
14:30 BUXORO - AGMK
14:30 METALLURG - SURXON
14:30 QO'QON-1912 - NAVBAHOR
14:30 BUNYODKOR - SO'G'DIYONA


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia