Eshitdik-da! Superliga klublaridan biri Rubin Hebayni O'zbekistonga qaytarmoqchi

Administrator
14 dek 2024, 20:26
Futbolchi "Andijon" klubidagi yorqin o'yinlari bilan barchaning yodida.

Championat.asia ma'lumotlariga ko'ra, Qarshining "Nasaf" klubi albaniyalik hujumchi Rubin Hebayni o'z safiga qo'shib olmoqchi. O'zbekistonning amaldagi chempioni jamoani tark etgan Zoran Marushichning o'rnini aynan Rubin Hebay bilan to'ldirmoqchi. 

Avvalroq, Rubin Hebay shu yil yozda "Navbahor" yoki "Neftchi" klublariga o'tishi mumkin bo'lgani, ammo transfer taqiqi sabab bu o'tish amalga oshmagani haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, 2024 yilning boshida Hebay Saudiya Arabistonining "Al Oruba" klubiga o'tgandi. Yozda esa futbolchi Tunisning "Sfaksen" klubiga o'tdi. Transfermarkt talqini bo'yicha Rubin Hebayning tahminiy transfer narxi 500 ming evro hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia