Eshitdik-da! Sardor Rashidov Superligaga qaytishi mumkin

Khoja
4 yanv 2024, 17:21
O'zbekiston terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Sardor Rashidov yana yurtimizda to'p tepishi mumkin.

 Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaevning ma'lum qilishicha, 32 yoshli futbolchiga Farg'onaning “Neftchi” klubidan qiziqish bo'lmoqda.

Sardor Rashidov yozda “Paxtakor” bilan shartnomani bekor qilganidan so'ng boshqa hech bir jamoada ko'rinish bermadi.


O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia