Eshitdik-da! Sardor Rashidov Qatar klubiga o'tishga yaqin

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2021, 18:17
O'zbekistonlik yarim himoyachi Sardor Rashidov faoliyatini yana Qatarda davom ettirishi mumkin.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Rashidov yaqin vaqt ichida Qatarning "Al Xaritiyat" klubi bilan shartnoma tuzadi. Hamyurtimizning so'nggi klubi "Qatar SK" klubi bo'lgandi va sentyabr oyidan buyon erkin agent maqomida edi.

Ma'lumot uchun, "Al Xaritiyat" ayni paytda Qatar yulduzlar ligasida 14ta turdan so'ng 6 ochko bilan so'nggi 12-o'rinda bormoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia