Eshitdik-da! Rashidov "Navbahor"ga o'tishga yaqin

Narzulla Saydullayev
27 iyun 2023
O'zbekiston Superligasida yozgi transfer oynasi ochilishiga oz qoldi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Paxtakor" klubi sobiq futbolchisi Sardor Rashidov faoliyatini "Navbahor"da davom ettirishga yaqin turibdi. O'tgan yil ham Rashidov "lochinlar" safiga o'tishi haqida xabarlar chiqqandi, ammo o'tish amalga oshmay qolgandi.

Birinchi davrada Rashidov "sherlar" safida Superligada 4ta o'yinda maydonga tushdi va 185 daqiqa harakat qildi.  



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia