Eshitdik-da! "Qo'qon-1912" bilan kelishuvni uzaytirgan Rustamov Eronga ketishi mumkin edi

Sherzod Nurmatov
10 fev 2022, 21:33
24 yoshli himoyachi bugun "Qo'qon-1912" bilan 2 yillik shartnoma tuzdi.

Ma'lumotlarga qaraganda, 2016 yildan buyon qo'qonliklar sharafini himoya qilib kelayotgan Oybek Rustamov transfer oynasi avvalida AGMK bilan og'zaki kelishuvga erishgan. Keyinroq unga Eron chempionati vakillaridan ham takliflar bo'lgan.

Biroq futbolchi negadir yangi mavsumni "Qo'qon-1912" jamoasi safida boshlaydigan bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Azizbek Amonov Eronning "Istiqlol" klubiga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia