Eshitdik-da! "Qizilqum" - "Lokomotiv" o'yini TTZda bo'ladi

Mirjalol Normatov
28 fev 2022
"Qizilqum" - "Lokomotiv" uchrashuvi o'tadigan stadion o'zgardi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, Superliganing 1-turi doirasidagi "Qizilqum" - "Lokomotiv" stadioni avvaldan rejalashtirilganidek AGMK sport majmuasida emas, balki, "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadi.

Bahsda "Qizilqum" mezbonlik maqomini saqlab qoladi va "Lokomotiv" o'z stadionida mehmon sifatida o'ynaydi.

Demak, "Qizilqum" - "Lokomotiv" uchrashuvi 4 mart kuni "Lokomotiv" stadionida soat 18:30da start oladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia