

Championat.asia sayti xabariga ko'ra, "Paxtakor" "Al Nassr"da o'ynayotgan Masharipovni qishki transfer oynasi tugagunicha ortga qaytarmoqchi. Gap futbolchining ijarasi haqida ketmoqda.
Ma'lumot uchun, "Al Nassr"ga yangi bosh murabbiy kelganidan keyin Jaloliddin oldingidan kamroq maydonga tushmoqda. "Paxtakor" bu yil Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etadi, "Al Nassr" esa OCHLda qatnashmaydi.




