

Ma'lumotlarga ko'ra, "oq bo'rilar" ustozi Srechko Katanets jamoaning mazkur yig'iniga sog'lig'idagi muammolar sababli kela olmasligi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, bundan 3 yil avval Dubayda tashkil qilingan yig'inda Katanets koronavirus sababli qatnasha olmagan edi. Bu safar yana FIFA kunlaridan tashqarida mashg'ulotlar olib boriladi va yangi futbolchilarni ko'rib olishni istagan Katanetsning o'zi ishtirok etmasligi mumkin. Agarda mazkur holat yuz bergan taqdirda yangi nomlarni kim ko'zdan kechiradi? Boz ustiga tarkibdagi futbolchilarning katta qismi terma jamoadan ilk bor chaqiruv olgan.
Vakillarimiz ushbu yig'in doirasida 27 yanvar kuni Iordaniyaga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00da "Abdulloh bin Xalifa" stadionida bo'lib o'tadi.



