Eshitdik-da! O'zbekiston, Qatar, BAA va Qirg'iziston OFKga xat yozishdi

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2024
Xabaringiz bor, sentyabr oyida Osiyo qitasida JCH-2026 saralashi 3-bosqich o'yinlari start oladi.

O'zbekiston terma jamoasi "A" guruhida Eron, Qatar, BAA, Qirg'iziston va KXDR bilan kurash olib boradi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston, Qatar, BAA va Qirg'iziston futbol assotsiatsiyalari KXDR bilan safardagi o'yinlarni neytral maydonda o'tkazishni so'rab OFKga xat yuborishgan. Ma'lumot uchun, KXDR ikkinchi saralash bosiqichi doirasidagi uy o'yinlarini Laos mamlakatida o'tkazgandi. Yaponiyaga qarshi uy o'yini esa umuman o'tkazilmagan edi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston 19 noyabr kuni KXDRga qarshi safarda maydonga tushadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia