Eshitdik-da! O'zbekiston MTJ a'zosiga Eronning 2 klubi qiziqmoqda

Tolibjon Qosimov
6 dek 2024, 15:10
Qishki transfer oynasi ochilishiga oz vaqt qolmoqda.

Unda klublar va futbolchilar faol bo'lish ilinjida harakatlarni olib borishmoqda.

"Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Navbahor" klubi himoyachisi Farruh Sayfievga Eronning birdaniga 2 klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bular: "Fulad" va "Traktor". Ayni paytda muzokaralar davom etmoqda. "Fulad" tarkibida terma jamoamizning yana bir a'zosi O'tkir Yusupov ham harakat qilishidan xabaringiz bor.

Ma'lumot uchun, "Fulad" ayni paytda Eron chempionatida 10 o'yindan 18 ochko jamg'argan holda 5-o'rinda bormoqda, "Traktor" esa 10 o'yinda 22 ochko yig'ib peshqadamlik qilmoqda.


Eslatib o'tamiz, Sayfiev 2024 yil "Navbahor" safida Superligada 21 ta o'yinda maydonga tushib 1 ta gol urdi hamda 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia