

Bizga ma'lum bo'lishicha, O'zbekiston MTJ mart oyidagi FIFA kunlari doirasida Marokash bilan o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.
Mazkur uchrashuv sanasi va joyi tez orada saytimizda e'lon qilinadi.
Ma'lumot o'rnida, vakillarimiz oldin ham Kasablankadagi "Muhammad V" stadionida aynan Marokash bilan ro'baro' kelgandi, O'sha o'rtoqlik uchrashuvida marokashliklar 2:0 hisobida ustun kelgan.
Eslatib o'tamiz, bir necha soatdan so'ng Marokash Jahon chempionatida 3-o'rinni qo'lga kiritish uchun Xorvatiya bilan bellashadi.
Marokash - JCH yarim finaliga chiqqan birinchi arab va Afrika jamoasi



