Eshitdik-da! Oston O'runov "Paxtakor"ga o'tishni xohlagandi

Narzulla Saydullayev
1 fev 2023
O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Oston O'runov hozircha erkin agent maqomida.

O'runov "Navbahor"ning xorijiy yig'inida ishtirok etgan va nazorat uchrashuvida maydonga ham tushgandi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Oston O'runov "Paxtakor" bilan aloqaga chiqqan va o'z xizmatlarini taklif qilgan. Bir mavsum uchun 300 ming AQSH dollari maosh so'ragani aytilmoqda. Biroq "Paxtakor" klubi Ostonga rad javobini bergan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia