

Saytimiz jurnalisti Abdulvosit Bektemirov ma'lum qilishicha, O'FA O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi Vlado Radmanovich bilan o'zaro shartnomani bekor qilgan.
Ma'lumot uchun, xorvatiyalik mutaxassis 2021-2025 yillar davomida milliy terma jamoada ishladi. Radmanovich dastlab Srechko Katanets murabbiylar shtabida edi, yil boshida Katanets sog'lig'idagi muammolar tufayli terma jamoa bosh murabbiyi lavomizini tark etganidan so'ng Timur Kapadze boshchiligidagi murabbiylar shtabidan o'rin olgan va terma jamoadagi faoliyatini davom ettirgan edi.
Eslatib o'tamiz, amaldagi murabbiylar shtabidan o'rin olgan mutaxassislar Alesh Chex, Martin Magistr va Nixad Pejkovichning shartnomasi esa JCH-2026 yakuniga qadar avtomatik tarzda uzaytirilgan edi.




