Eshitdik-da! "Neftchi"da serbiyalik yarim himoyachi ko'rikdan o'tadi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2021
Pro liga ishtirokchisi Farg'onaning "Neftchi" klubi ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Neftchi"da serbiyalik Aleksandr Eshich ko'rikdan o'tadi.

Aleksandar Eshich (Aleksandar Jesic) 1994 yilda tug'ilgan va yarim himoyada o'ynaydi. Faoliyati davomida "Borac Chachak", "OFK Belgrad", "Vojdovac", "Metalac" kabi klublarida to'p tepgan. So'nggi jamoasi "Mladost Luchani" hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, O'FA Superliga va Pro liganing bir qator klublariga ikkinchi davradan oldin legioner futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha taqiq qo'ygan. Ular orasida "Neftchi" ham bor.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia