

Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, "Nasaf" yarim himoyachisi Sharof Muhitdinov "lochinlar" a'zosiga aylanish arafasida turibdi.
Ma'lumot uchun, futbolchi o'tgan mavsum Superligada 22ta uchrashuvda 2ta gol urdi va 3ta golga assistentlik qildi.
Avvalroq, “Nasaf” bilan shartnomasi tugagan Muhitdinov klub bazasini tark etgandi. U hozirda erkin agent maqomida bo'lib turibdi.



