Eshitdik-da! "Nasaf" futbolchisiga Gretsiya klubi qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
4 dek 2022, 19:01
"Nasaf" futbolchisi tez orada faoliyatini Gretsiya klubida davom ettirishi mumkin.

Gap "ajdarlar" vakili Husniddin Aliqulov haqida ketmoqda. Unga greklarning AEK klubi "og'iz solmoqda".

Saytimiz xodimlari olgan ma'lumotga ko'ra, Gretsiya klubi vakillari futbolchining agenti bilan aloqaga chiqqan. Tomonlar kelishuvga erishganmi, yo'qmi, hozircha noma'lum, ammo voqealarni saytimiz orqali kuzatib borsangiz, barcha ma'lumotlarni birinchilardan bo'lib etkazamiz.

Eslatib o'tamiz, Husniddin Aliqulov joriy mavsum "Nasaf" bilan O'zbekiston Kubogi sohibiga aylandi, Superligada bronza medllarini qo'lga kiritdi.

AEK ayni damda Gretsiya chempionatining 13-turidan so'ng 2-o'rinda ketmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia