Eshitdik-da! Lionel Messi yanvar oyida Abu-Dabida ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi

Administrator
29 noya 2023, 22:42
Bu uchrashuvlar yanvar oyining oxirida o'tkaziladi.

"Championat.asia" ma'lumotlariga ko'ra, Lionel Messi va "Inter Mayami" yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. O'rtoqlik o'yinlari Osiyo kubogi davom etayotgan vaqtga, yani yanvar oyi oxirlariga rejalashtirilgan.

Bizga kelgan ma'lumotlarga ko'ra, bu uchrashuvlarning birinchisida "Inter Mayami"ga mahalliy faxriy yulduzlar jamoasi raqib bo'ladi. Ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi esa mahalliy jamoalardan biri bilan o'tkazilishi rejalashtirilgan. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia