Eshitdik-da! Ibrohim Halil Yo'ldoshev "Jenoa" yoki "Son"ga emas "Nijniy Novgorod"ga o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
20 avg 2021, 13:21
"Paxtakor" himoyachisi Ibrohim Halil Yo'ldoshev faoliyatini Rossiyada davom ettiradi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, himoyachi Rossiya premer-ligasi ishtirokchisi "Nijniy Novgorod" klubiga ko'chib o'tmoqda.

Ushbu klubni Rossiya futboli sobiq yulduzlaridan biri Aleksandr Kerjakov boshqarmoqda. "Nijniy Novgorod" bu mavsum chempionatda 4ta o'yinda 2ta g'alaba, 1ta durang va 1ta mag'lubiyat qayd etdi. 7 ochko to'plagan jamoa ayni paytda 6-o'rinda bormoqda.

Oldinroq Yo'ldoshevga Italiyaning "Jenoa" va Shveytsariyaning "Son" klublaridan qiziqish borligi haqida xabarlar chiqqan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia