Eshitdik-da. G'ayrat O'daev 4ta o'yinga chetlatildi

Narzulla Saydullayev
6 sen 2014, 16:00
"Xorazm" posboni ikkinch bosqichning 2-turida maydondan chetlatilgandi.
Safarda "Qo'qon-1912"ga qarshi kechgan bahsning 58-daqiqasida bosh hakam Sherzod Qosimov tomonidan chetlatilgan darvozabon shundan so'ng PFL tartib-intizom qo'mitasi tomonidan 4ta o'yinga diskvalifikaciya qilingan. Shuningdek aytishlaricha O'daev 500 000 so'm miqdorda moddiy jarimaga ham tortilgan. Lekin PFL saytida bu haqda rasmiy xabar berilmadi.

G'ayrat O'daevning ushbu chetlatilishi tabiiyki "Xorazm"ga qimmatga tushdi. Yaqinda urganchliklar "UzDongJu" bilan bahsga bitta posbon bilan kelgandi. Ustiga ustak Ravshan Jumaniyozov ham Andijondagi bahsda hakam tomonidan qizil kartochkaga loyiq ko'rildi. Endi kelgusi turda urganchliklar darvozasini himoyachi Jasur Otajonov qo'riqlasa kerak.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia