Eshitdik-da! FIFA "Neftchi"ga transfer taqiqi qo'yishi mumkin

Narzulla Saydullayev
14 noya 2024, 12:28
FIFA Farg'onaning "Neftchi" klubi bo'yicha qaror chiqardi.

2023 yilning aprel oyi boshida Vitaliy Levchenkoning yordamchisi Vladimir Ejurov "Neftchi"ni tark etgandi. Ejurov qolib ketgan pullarini olish uchun FIFAga murojaat qilgan. FIFA kuni kecha shu bo'yicha qaror chiqardi: "Neftchi" klubi murabbiyga shartnoma bo'yicha maoshi va boshqa pullarini to'lab berishi kerak. Agar belgilangan muddatda to'lov amalga oshirilmasa FIFA klubga nisbatan uchta transfer oynasi uchun taqiq qo'yadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia