Eshitdik-da! Farg'ona derbisida Ahrol Risqullaev boshchiligidagi hakamlar guruhi ishlaydi

Оқил Абдубарноев
28 fev 2022, 20:28
Joriy yilning 2 mart kuni "O'zbekiston" o'yingohida Coca-Cola Superliganing 1-turi doirasida Farg'onaning "Neftchi" va Qo'qon shahrining "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasida derbi uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Championat.asia saytiga ma'lum qilinishicha, uchrashuvni Ahrol Risqullaev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Ushbu hakam so'nggi bor O'zbekiston kubogi finalida ishlagandi.

Avvalroq "O'zbekiston" stadioni kassalarida uchrashuv chiptalari sotuvga chiqarilgani aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia