Eshitdik-da! Eldor Shomurodov ertaga "Jenoa" bilan shartnoma tuzadi

Narzulla Saydullayev
30 sen 2020, 18:25
O'zbekiston terma jamoasi va "Rostov" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettiradi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Shomurodov ertaga, 1 oktyabr kuni Italiyaga uchib boradi va "Jenoa" bilan shartnoma imzolaydi.

Oldinroq "Jenoa" o'zbekistonlik futbolchi uchun 7,5 million evro to'lashi va Shomurodovning o'zi yiliga 600-700 ming evro maosh olishi haqida xabarlar chiqqan edi.

Eslatib o'tamiz, Shomurodov 2017 yilning yozidan beri "Rostov" sharafini himoya qiladi. Eldor Rossiya klubida umumiy barcha musobaqalarda 91ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 12ta assist qayd etdi.  


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia