Eshitdik-da! "Dinamo" Superligaga chiqqan taqdirda ham o'z maydonida o'ynolmaydi

Sherzod Nurmatov
15 apr 2023
O'zbekiston Professional futbol ligasi bir necha kun avval Samarqand viloyati hokimligiga buni ma'lum qilgan.

Ismi oshkor etilishini istamagan manbaning xabar berishicha, Samarqand shahrida Superliga talablariga javob beradigan futbol stadioni mavjud emas.

Qayd etish kerak, O'zPFL stadionlar bo'yicha talabni bosqichma-bosqich oshirib borishi natijasida Superliga va hatto Pro liga o'yinlari ham avvalgilaridan sifatliroq maydonda o'tyapti. Shundan kelib chiqib, O'zPFL Samarqandda ham zamonaviy talablarga javob bera oladigan futbol maydoni bo'lishi uchun harakatlarni boshlagan. 

Avvalroq O'zPFL "Metallurg" futbol klubi 2023 yilning sentyabr oyidan boshlab o'z uchrashuvlarini Bekoboddagi stadionda o'tkaza olmasligi haqida ma'lumot bergandi. Gap-so'zlarga ko'ra, Navoiydagi futbol maydoni ham sentyabr oyidan boshlab ta'mirlash uchun yopiladi. O'z navbatida, may oyida Jizzaxdagi stadion qayta foydalanishga topshiriladi. Sentyabrdan boshlab Andijon va Olmaliq shaharlaridagi stadionlar ham tayyor holatga kelishi kutilyapti.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia