Eshitdik-da! "Buxoro" sobiq futbolchilari "Istiqlol"ga o'tmoqda

Iskandarov Abdulaziz
7 fev 2026
Qo'shnilarimizda nima gaplar?

Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Istiqlol" jamoasi tarkibiga yangi futbolchilar qo'shilyapti. O'tgan mavsumda O'zbekiston Superligasi vakili "Buxoro"da to'p tepgan 3 nafar legioner Yosip Tomashevich, Frane Ikich, Frane Chiryak Dushanbe klubiga o'tmoqda. 

Ma'lumot uchun, o'tgan mavsum Tomashevich elitada 26 ta o'yinda maydonga tushdi, Ikich 26 ta bahsda 2 ta gol, 3 ta assist qayd etdi. Chiryak 26 ta bellashuvda, 1 ta gol, 2 ta assist muallifiga aylangan.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia