Eshitdik-da! "Bunyodkor" serbiyalik futbolchiga qiziqmoqda

Narzulla Saydullayev
25 fev 2022
Toshkentning "Bunyodkor" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "qaldirg'ochlar" serbiyalik yarim himoyachi Dimitrie Pobulichga qiziqish bildirmoqda.

1994 yilda tug'ilgan Pobulich o'tgan yil Armanistonning "Ararat" klubida o'ynadi va 17ta uchrashuvda 4ta gol urib, 6ta golli pas berdi. Transfermarkt portali ushbu futbolchini ayni paytda 225 ming evroga baholagan.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia